Prezidentdan sovg‘a olgan sirdaryolik bog‘bon

Prezidentdan sovg‘a olgan sirdaryolik bog‘bon
  • 3
  • 15.04.2024 12:41:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Sayxunobod tumanidagi Paxtakon mahallasida yashovchi mirishkor bog‘bon Tursunboy Aripovga Tracker avtomashinasini sovg‘a qildi. 

2011 yilda nafaqaga chiqqanidan beri tomorqasida uzumchilik bilan shug‘ullana boshlagan Tursunboy Aripov yangi “abatar” navini payvand qilgan.
Shavkat Mirziyoyev yaqinda tumanga qilgan tashrifida uni mahalladagi uzum yetishtiruvchilarga murabbiylik qilishini aytgandi.

Otaxon mehnat faoliyatini 15 yoshida kolxozda suvchilikdan boshlagan. Keyinroq tumanda tashkil etilgan bo‘rdoqichilik chorva fermasida 40 yil mehnat qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News