
- 0
- 18.11.2024 14:28:00
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatidagi shifoxonaning neonatal bo‘limida yong‘in yuz berdi.
Oqibatda kamida 10 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, qutqaruv operatsiyasi yong‘in boshlanganidan taxminan 30 daqiqa o‘tib boshlangan va bu evakuatsiya ishlarini kechiktirgan. Yong‘in boshlanganda reanimatsiya bo‘limida 54 chaqaloq bo‘lgan. 45 nafar chaqaloq qutqarib olingan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 16 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Hindistonda yong‘inlar yomon qurilish amaliyoti, odamlarning haddan tashqari ko‘pligi va xavfsizlik qoidalarining yomonligi sabab tez-tez uchrab turadi.