
- 2
- 07.08.2023 08:15:00
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. 20 kishi evakuatsiya qilindi
Kecha, 6 avgust kuni soat 18:59 da Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani «Beshkapa» MFY Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in ekipaji soat 19:06 da manzilga yetib borilib, yong‘in soat 19:25 da o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta yong‘in-qutqaruv otryadi bo‘linmasi jalb etilgan.
Yong‘in natijasida 15 kv.m maydonda uy-jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish jarayonida ushbu uy qavatlaridan 20 nafar fuqarolar qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Manba: xabar.uz