- 5
- 10.10.2023 11:40:00
Gollandiyalik bloger “Afrosiyob” poyezdi yo‘lboshchisiga pora berib, iqtisoddan VIP sinfga o‘tdi - video
Ijtimoiy tarmoqlarda gollandiyalik sayyoh Tom Grondning “Afrosiyob” tezyurar poyezdi chiptachisiga poyezddagi o‘rnini ekonom klassdan VIP klassga o‘tkazish uchun 15 dollar bora bergani haqidagi video tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati mazkur video yuzasidan quyidagicha izoh berdi:
Ushbu hodisa 2023-yilning 6-iyul kunida bo‘lib o‘tgan. 10-iyul kuni poyezd boshlig‘i mazkur holat bo‘yicha lavozimidan ozod etilgan. Vagon kuzatuvchilari styuardlarga bu kabi hodisalar qaytarilmasligi bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Hozirgi kunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarining barchasida ishchi guruh tomonidan tekshiruv amalga oshirilmoqda. Bu kabi holatlar qaytarilmasligi uchun nazorat o‘rnatilgan. Sizlardan eski ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘raymiz, — deyiladi mas’ullar izohida.
Manba: daryo.uz