
- 3
- 02.09.2023 14:20:00
Xitoyning Shensi provinsiyasi partiya kotibi Chjao Ide boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryoga keldi
Tashrif dasturiga muvofiq, dastlab tor doirada muzokara o‘tkazildi. Sirdaryo tumanidagi “Peng-Sheng” va "Sirdaryo Mega lyuks" korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishgan mehmonlar mahsulotlar sifatini yuqori baholab, loyihalarni Xitoy kapitali va ilmiy tajribasi ishtirokida yanada kengaytirish imkoni mavjudligini qayd etdilar.
Shundan so‘ng “O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik bog‘i”da Akmaljon Mahmudaliyev va Chjao Ide do‘stlik, taraqqiyot va ravnaq sari mushtarak intilishlari ramzi sifatida birgalikda daraxt ekishdi. Tashrif asnosida viloyat hokimligi "Qabullar uyi"da rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar hokimlari ham qatnashdi.
Suhbat chog‘ida delegatsiyaning Sirdaryoga ushbu tashrifi ikki tomon o‘rtasidagi o‘zaro strategik sheriklik munosabatlarini izchil kengayishiga yangi imkoniyatlar ochilishi qayd etildi.
Manba: xabardor.uz