
- 0
- 29.01.2026 08:37:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida joylashgan jamoat hojatxonasining shaffof eshigi aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, holat texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan. Video olinganidan bir kun oldin hojatxonaning kirish eshigi oynasi sinib, vaqtincha yangi shaffof oyna o‘rnatilgan.
Hokimlik bildirishicha, ichki va tashqi ko‘rinishni cheklash uchun oyna ustiga yorug‘lik o‘tkazmaydigan maxsus plyonka yopishtirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan. Video aynan ushbu jarayon yakunlanmasidan oldin tasvirga olingan.
Hozirda nosozlik bartaraf etilgan, eshik oynasiga tegishli plyonka o‘rnatilgan va hojatxonadan foydalanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.