12 ming yillik sirli haykal: inson yuzining eng qadimiy tasviri!

12 ming yillik sirli haykal: inson yuzining eng qadimiy tasviri!
  • 1
  • 17.10.2025 13:41:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Shonliurfa viloyatidagi Qoraxontepa qazilmalarida olimlar 12 ming yillik haykal topishdi. Tadqiqotchilar T-shaklli tosh ustunga o‘yib ishlangan inson yuzini aniqlashgan — bu ushbu turdagi birinchi topilma sanaladi. Chuqur ko‘zlari va ifodali mimikasi bilan bu yuz bizni qadimgi neolit davriga olib boradi. Mutaxassislar fikricha, bu topilma o‘sha davr odamlari nafaqat quruvchi, balki o‘z shaxsini anglash va ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Qoraxontepa esa Go‘bekli tepa bilan bog‘liq bo‘lib, insoniyatga ma’lum eng qadimiy ibodatxonalardan biri hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News