
- 0
- 25.05.2026 16:54:00
- 1 daq o'qish
22-may kuni Namangan viloyati Uychi tumanida 1 yoshli bola hovlidagi hojatxonaga tushib ketdi. FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa “Muborak” MFYdagi uylardan birida sodir bo‘lgan. Ehtiyotsizlik sabab nazoratsiz qolgan bola hojatxona chuquriga tushib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar bolani chuqurdan olib chiqdi. Shifokorlar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.