97 yoshli ayol samolyot qanoti ustida uchib, Ginnes rekordini yangiladi

97 yoshli ayol samolyot qanoti ustida uchib, Ginnes rekordini yangiladi
  • 0
  • 07.08.2026 18:01:00
  • 1 daq o'qish

Buyuk britaniyalik 97 yoshli Betti Bromaj soatiga qariyb 225 km tezlikda havoda aylana yasagan kichik samolyot qanoti ustida turib, dunyodagi eng yoshi katta “wing walker” (samolyot qanoti ustida parvoz qiluvchi) ayol sifatidagi o‘z Ginnes rekordini yana bir bor yangiladi.

Betti bu rekordni ilk bor to‘rt yil avval o‘rnatgan edi. Bu safargi parvozdan tushgan xayriya mablag‘lari u 2025-yilda insultdan davolangan shifoxonaning insult bo‘limiga yo‘naltiriladi.

So‘nggi o‘n yil ichida olti marta samolyot qanoti ustida parvoz qilgan Betti bu ishni davom ettirish sababini shunday izohladi: “Aks holda hayot men uchun zerikarli bo‘lib qolardi.”

97 yoshli buvining jasorati va hayotga bo‘lgan shijoati ko‘plab insonlarni hayratda qoldirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News