
- 1
- 23.10.2025 14:00:00
- 1 daq o'qish
Kinolarda Luvrni tunash — murakkab reja, sirli texnologiyalar va detektiv sarguzashtlarga to‘la manzaralar bilan tasvirlanadi. Ammo bu safar barchasi haqiqiy hayotda sodir bo‘ldi.
Parijdagi mashhur Luvr muzeyida 19-oktabr kuni sodir bo‘lgan o‘g‘rilik bo‘yicha yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda jinoyatchilarning 88 million yevrolik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan qochayotgan payti aks etgan videokadrlar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar 3–4 kishilik professional to‘da bo‘lib, muzeyga xodimlar kiyimida kirgan. Ular o‘g‘rilikni atigi 4 daqiqa ichida amalga oshirib, Sena daryosi bo‘yidagi xizmat yo‘lagi orqali chiqib ketishgan.
Fransuz prokuraturasi tergov ishlarini davom ettirmoqda. Mutaxassislar o‘g‘rilar o‘g‘irlangan buyumlarni eritish yoki yashirishga urinishlari mumkinligidan xavotirda.