Pragada telefonga chalg‘igan 7 yoshli bola metro yo‘liga tushib ketdi

Pragada telefonga chalg‘igan 7 yoshli bola metro yo‘liga tushib ketdi
  • 3
  • 04.09.2026 20:07:00
  • 1 daq o'qish

Chexiya poytaxti metrosida 1-sentabr kuni 7 yoshli bola telefonga chalg‘ib, relsga tushib ketdi. Hodisa poyezd kelishidan bir necha soniya oldin sodir bo‘lgan. 

Shu payt bekatda bo‘lgan erkak poyezd yaqinlashib kelayotganiga qaramay, darhol relsga tushib, bolani olib chiqqan. Yo‘lovchilardan biri esa perrondagi favqulodda to‘xtatish tugmasini vaqtida bosgan. Shu tariqa bola omon qolgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News