
- 2
- 06.02.2023 10:01:00
Turkiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi, binolar qulagan, qurbonlar ko‘p (foto)
Turkiyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan Qahramonmarash viloyatida tonggi 4:17 da 7,4 ballik kuchli zilzila ro‘y berdi. 4:26 da esa Gaziantepning Nurdag‘i tumanida 6,4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila Turkiyaning kamida 10 shahrida yuz bergani, Suriyada ham ushbu zilzila yuz bergani ma'lum bo‘ldi.
Zilzila oqibatida bir necha shaharlarda ko‘plab binolar qulagan. Osmaniye hokimi 34 bino qulashi natijasida 5 kishi vafot etganini ma’lum qildi. Shanliurfa hokimi esa 16 bino qulagani va 10 kishi o‘lganini bildirdi.
Ayni vaqtga kelib ro‘y bergan vayronagarchilikda 72 nafar fuqaro o‘lgani tasdiqlandi, ammo bu raqam borgan sari oshib bormoqda.
Vayronagarchilikda zarar ko‘rgan O‘zbekiston fuqarolari haqida hozircha ma'lumot kelib tushmagan.