• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tgan mashina gaz balloni ichidan 55 kg giyohvand moddalari topildi

Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tgan mashina gaz balloni ichidan 55 kg giyohvand moddalari topildi
  • 1
  • 23.08.2023 12:00:00

Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tgan mashina gaz balloni ichidan 55 kg giyohvand moddalari topildi

O‘zbekistonlik bojxonachilar 55 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari va sunʼiy narkotik moddalarning mamlakat hududiga yashirincha olib kirilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona postida respublika hududiga kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvida yengil avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ko‘rik davomida uning gaz balloni ichiga turli shakldagi 49 dona va benzin baki ichiga 31 dona polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilgani aniqlangan.

O‘ramlar ochib ko‘rilganda esa ularning ichidagi modda Markaziy bojxona laboratoriyasida o‘tkazilgan ekpertiza xulosasiga binoan 52 kilogramm 877 gramm og‘irlikdagi gashish hamda 2 kilogrammdan ziyod geroin giyohvanlik vositasi, 1 dona yelim idish ichidagi modda esa 950 gramm sintetik giyohvandlik vositasi ekani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News