
- 15
- 04.10.2025 08:38:00
- 1 daq o'qish
Yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarilganligiga 50 yil yoki undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi va ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi. “Antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno.