
- 4
- 20.12.2023 13:44:00
📍Borish kerak bo‘lgan 5 ta joy
Sayohat qilishni yaxshi koʻradiganlar uchun bir-biridan qiziqarli boʻlgan joylarni bir joyga toʻpladik.
Oralarida siz borishni xohlagan shahar ham bormi? Izohlarda bu haqda yozib qoldiring.
🏙Angliyaning merosi boʻlgan – London. San’atni sevuvchi insonlar bu shaharni albatta koʻrishi
kerak. Turli tillar va oshxona madaniyatlarini birlashtirgan ushbu shaharga tashrif buyurish sizga
zavq bagʻishlaydi.
❤️Muhabbat shahri deb ham ataladigan Parij – moda, san’at va tarix bilan toʻlib-toshgan eng
goʻzal va romantik shaharlardan biri!
🎨Boy tarixi, maftunkor koʻchalari va oʻziga rom etuvchi arxetekturasiga bilan mashhur boʻlgan Florensiya san’at shaydolari borish kerak bo‘lgan manzil.
🕌O‘zining badiiy me’morchiligi, maftunkor kanallari va erkin madaniyati bilan Amsterdam shahri
sayohatchilarga unutilmas onlarni taqdim etadi.
🌊Turkiyaning Denizli viloyatida joylashgan Pamukkale shahri – feruza rangli hovuzlari va qordek
oppoq qoyatoshlari bilan dunyodagi eng chiroyli joylardan biridir.