• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Samarqandda aeroport, temir yo‘l vokzali va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi

Samarqandda aeroport, temir yo‘l vokzali va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi
  • 1
  • 26.06.2023 13:57:00

Samarqandda aeroport, temir yo‘l vokzali va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi

O’zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev kelgusi 7 yilda viloyatda 100 ming kvartirali 2 300 ta zamonaviy va hamyonbop uy-joy qurilishini aytdi. 

“Jumladan, Samarqand shahri va barcha tumanlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etiladi. 5 300 kilometr ichki yo‘llar va 160 ta ko‘prik ta’mirlanadi, 5 700 kilometr elektr tarmoqlari, 2 mingta transformator yangilanadi. 

Shuningdek, 7 ming kilometr ichimlik va oqova suvi tarmoqlari quriladi, 180 ta mahallada ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi. Natijada 2030-yilga borib, viloyat aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 96 foizga yetkaziladi. Umuman, ichimlik suvi va yo‘llar infratuzilmasini yaxshilashga 450 million dollar yo‘naltiriladi”, – dedi nomzod.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrini aholi va sayyohlar uchun qulay bo‘lgan “bir millionlik shahar”ga aylantirish borasidagi rejalari haqida ma’lum qildi.

Buning uchun:

  • Samarqand, Pastdarg‘om, Oqdaryo va Toyloq tumanlari hududidan 18 ming gektar yer maydoni shahar tarkibiga o‘tkaziladi;
  • viloyatning ma’muriy markazi shaharning tarixiy markazidan boshqa hududga ko‘chiriladi;
  • Samarqand shahrida suv ta’minoti va yo‘l tarmoqlarini modernizasiya qilishga qo‘shimcha 270 million dollar ajratiladi;
  • shaharda jamoat transport tizimi to‘liq modernizasiya qilinadi. 

“Bu maqsadlar uchun 40 ta yangi avtobus yo‘nalishi, aeroport, temir yo‘l vokzali va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi”, – dedi nomzod.

 

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News