
- 15
- 11.03.2023 14:25:00
48 yoshli Oksana Chusovitina 1 hafta ichida ikkita medalga sazovor bo‘ldi
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan Jahon Kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi.
Hamyurtimiz tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki urinish natijasiga ko‘ra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. Yurtdoshimiz faqatgina Fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball to‘pladi. Shu tariqa, sportchimiz qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor bo‘lgan edi.