
- 0
- 26.06.2026 16:56:00
- 1 daq o'qish
Gulnora Karimovaning Shveysariyadan qaytarilgan aktivlaridan 43,5 million dollar O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirildi.
Mazkur mablag‘ hisobidan respublika bo‘ylab 231 ta perinatal muassasa zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi, 80 mingdan ortiq tibbiyot xodimi malaka oshirdi hamda onalar va chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi klinik protokollar joriy etildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha natijasida oldini olish mumkin bo‘lgan onalar o‘limi sezilarli darajada kamaygan, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichi esa yaxshilangan.