
- 2
- 25.03.2023 15:01:00
41 yoshli Zlatan yangi rekordchiga aylandi
Zlatan Ibrahimovich Yevro saralashida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi bo‘ldi.
Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi 41 yosh 172 kunligida Yevropa chempionatining saralash bahsida maydonga tushdi.
Zlatangacha Yevro saralashlaridagi eng qariya futbolchi Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Dino Zoff hisoblanardi. 1983-yilda maydonga tushganda Zoff 41 yosh 3 oylik edi.
Qayd etish lozim, Ibrahimovich Shvetsiya terma jamoasi safida 122 ta o‘yin o‘tkazib, 62 ta gol urgan. U terma jamoasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.