
- 1
- 19.06.2024 14:57:00
Eronda zilzila oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Eron shimoli-sharqidagi Kashmer shahrida 18-iyun kuni zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 120 kishi jarohatlandi.
Zilzila kuchi 4,9 magnitudaga yetgan va shahar atrofidagi hududlarda eski binolarga shikast yetkazgan. Hozirda vayrongarchilik oqibatlarini bartaraf etish uchun guruhlar faoliyat yuritmoqda.
O‘tgan yilda ham mamlakatning Turkiya bilan chegara hududlaruida sodir bo‘lgan 5,9 balli zilzila oqibatida uch kishi halok bo‘lgan edi.