• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Andijonda bir-biriga tutash bo‘lgan 3 ta uy yonib ketdi

Andijonda bir-biriga tutash bo‘lgan 3 ta uy yonib ketdi
  • 3
  • 16.06.2023 07:45:00

Andijonda bir-biriga tutash bo‘lgan 3 ta uy yonib ketdi

Andijon viloyati FVB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 15 iyun kuni soat 17:58 da Andijon shahar “Do‘stlik” MFY Navbahor 3-tor ko‘chasi 8-uyda yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan V.I.ning uyining 80 kv.m maydonida shift, tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yongan.
Yong‘in qo‘shnisi 10-uyda yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan A.A.ning uyiga o‘tib, uyning 40 kv.m. tom qismi yongan. Shuningdek, yong‘in bu uyga qo‘shni bo‘lgan 14-uyda yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan X.T.ning ham uyiga o‘tib, 30 kv.m tom qismi yongan.
Yong‘indan jami 3 ta uyining 150 kv.m maydoni yongan. Yong‘inga 6 ta YOQElari jalb etilgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar 18:05 yetib borishgan va yong‘in 18:30 da o‘chirilgan. Yong‘indan uylarning 350 kv.m maydoni saqlab qolingan.
"Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat FVB TBX navbatchi smenasi, shahar FVB boshlig‘i chiqqan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati va halok bo‘‌lish holatlari qayd etilmadi", - deyiladi xabarda.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News