
- 0
- 15.06.2026 10:26:00
- 1 daq o'qish
Braziliyada 21 yoshli qiz “bungee jumping” (arqon yordamida balandlikdan sakrash) vaqtida fojiali tarzda halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilotchilar xavfsizlik arqonini ulashni unutgan va qiz taxminan 40 metr balandlikdan pastga qulab, voqea joyida vafot etgan. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tashkilotchilar qo‘lga olingan. Holat yuzasidan keng qamrovli tergov harakatlari olib borilmoqda.