Hindistondagi mehmonxona yong‘inida 21 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi mehmonxona yong‘inida 21 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 03.06.2026 16:57:00
  • 1 daq o'qish

Bugun, 3-iyun kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahri janubidagi Malviya Nagar tumanida joylashgan mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Oqibatda 21 kishi halok bo‘ldi, 47 kishi jarohatlandi. Qurbonlarning 15 nafardan ortig‘i chet el fuqarosi ekani aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in mehmonxonaning restoranidagi elektr plitasini yoqish vaqtida boshlangan va qisqa fursatda butun binoni qamrab olgan. Voqea mehmonlar uxlab yotgan paytda sodir bo‘lgan.

Yong‘inni o‘chirishga sakkizta o‘t o‘chirish mashinasi jalb etildi. Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda. Bosh vazir Narendra Modi halok bo‘lganlarning oilalariga va jarohatlanganlarga tovon puli ajratilishini ma’lum qildi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News