
- 3
- 14.08.2026 13:48:00
- 1 daq o'qish
Afg‘onistonda 2,4 millionga yaqin qiz o‘rta maktabda ta’lim olish imkonidan mahrum. YUNESKO “Tolibon” ma’muriyatini ayollar va qizlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilga nisbatan o‘rta ta’limdan mahrum qizlar soni 200 ming nafarga oshgan. Cheklovlar saqlanib qolsa, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich qariyb 4 millionga yetishi mumkin.
“Tolibon” 2022-yilda qizlarning o‘rta maktab va ayollarning universitetlarda ta’lim olishini taqiqlagan. Shuningdek, ayollarga boshqa qator cheklovlar ham joriy etilgan. Jumladan:
▪️ayollarning BMT idoralarida ishlashi;
▪️erkaklarning ayollar uchun kiyim tikishi;
▪️ayollarning erkak shifokorlarga murojaat qilishi;
▪️ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi;
▪️ayollarning istirohat bog‘lariga borishi;
▪️ayollar va oilalarning bog‘i yoki yashil hududi bo‘lgan ayrim restoranlarga kirishi;
▪️ayollar ovozi eshitiladigan reklamalarni efirga uzatish;
▪️ayollarning burqasiz davlat idoralariga kirishi;
▪️ayollarning sotuvchilar bilan savdolashishi;
▪️ayollarning o‘g‘il bolalarga dars berishi.
YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra, ayol o‘qituvchilarga qo‘yilgan cheklovlar sabab 2030-yilga borib Afg‘onistonda 11 mingdan ortiq malakali ayol o‘qituvchi yetishmasligi mumkin.
#casia #news #Afganistan #YUNESKO