
- 0
- 11.07.2026 18:06:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 14-fevralida Londonda bir erkak sevgilisini 30 soniya ichida 146 marta o‘pib, Ginnes rekordlar kitobiga kirgandi. Biroq bu rekord yangilandi.
Braziliyalik erkak Renato Gayya turmush o‘rtog‘ini 30 soniyada naq 195 marta o‘pib, londonliklarning rekordini yangiladi.
Ushbu rekord Xalqaro bo‘sa kuni – 6-iyulda amalga oshirilgan.
Endi juftlik yangi marrani zabt etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular bir daqiqa ichida eng ko‘p bo‘sa olish bo‘yicha amaldagi rekordni yangilashni maqsad qilgan.
Hozircha bu rekord yaponiyalik Cherri Yositake va Kumiko Shiratoriga tegishli — ular bir daqiqada naq 277 marta bo‘sa almashgan.