
- 2
- 20.01.2025 15:34:00
16 yoshli bola YPX inspektorini urib ketdi
Navoiyda 16 yoshli bola otasiga tegishli bo‘lgan Kia Sonet mashinasini tungi vaqtda Navoiy shahri hududida davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan boshqarib yurgan. Hududda xizmat olib borayotgan inspektor uni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, bola xodimni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda 1993-yilda tug‘ilgan, 2 farzandning otasi bo‘lgan inspektor voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.