- 1
- 31.10.2024 08:24:00
Turkiya Respublikasi 101 yilligi Toshkentda
29-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida Turkiya Respublikasi tashkil topganing 101 yilligi nishonlandi.
Ushbu tadbirda Bosh vazir Abdulla Aripov, Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar hamda boshqa mehmonlar ishtirok etib, turk xalqini ushbu bayram bilan qutladi.
Tadbir ikki davlatning madhiyasi sadolari bilan boshlandi, so‘ngra, mehmonlar turk oshxonasi taomlaridan bahramand bo‘lishdi.