Dunyoda yiliga 1,5 million kishi sifatsiz oziq-ovqat tufayli vafot etadi

Dunyoda yiliga 1,5 million kishi sifatsiz oziq-ovqat tufayli vafot etadi
  • 2
  • 10.06.2026 11:02:00
  • 1 daq o'qish

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, sifatsiz va xavfli oziq-ovqat har yili qariyb 866 million kishining kasallanishiga, 1,5 million kishining esa vafot etishiga sabab bo‘lmoqda.
Tashkilotning ta’kidlashicha, oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining katta qismi yosh bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar bunday kasalliklarga eng ko‘p duchor bo‘ladigan guruh hisoblanadi.
Hisobotga ko‘ra, o‘limlarning asosiy qismi oziq-ovqat tarkibidagi qo‘rg‘oshin, metilsimob va boshqa zararli kimyoviy moddalar bilan bog‘liq. Mutaxassislar xavfni kamaytirish uchun toza suv va sanitariya sharoitlarini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish hamda tibbiy xizmatlarni kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News