
- 1
- 07.09.2026 11:20:00
- 1 min read
Masalliqlar:
4 dona kabachka
2 dona tuxum
2 dona pomidor
biroz pishloq, mayonez, petrushka, ukrop va ziravorlar
Tayyorlanishi:
Birinchi kabachkalarni avval unga, so‘ng tuxum, tuz va murch aralashmasiga botiring. Ularni pergament qog‘oz to‘shalgan patnisga terib, 180°C da tillarang tusga kirguncha pechda pishiring. Alohida idishga to‘g‘ralgan pomidor, petrushka, sarimsoq, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq va 2 osh mayonez solib, yaxshilab aralashtiring. Mayonez o‘rniga tvorogli pishloq yoki smetana ham ishlatishingiz mumkin. Tayyor kabachka bo‘lagining ustiga salat bargi va mayonezli massani qo‘yib, ikkinchi kabachka bo‘lagi bilan yoping. Mazali va ishtahaochar kabachkali taomimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha😋🥒