
- 0
- 20.01.2026 16:12:00
- 1 min read
Disney animatsiyasi “Zootopia 2” (Hayvonlar shahri) Gollivud tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan multfilmga aylandi. Premyera qilinishi bilan 1,7 milliard dollar yig‘ib, avvalgi rekordchi “Inside Out 2” (1,69 mlrd $)ni ortda qoldirdi.
Eng ko‘p daromad keltirgan animatsion loyihalar orasida esa faqat Xitoyning “Nezha Defeats the Dragon King” multfilmi oldinda — 2,25 mlrd $. Shu bilan birga, Disney filmi barcha davrlarning eng ko‘p daromad olgan 9-multfilmiga aylandi.
Rejissyorlar Bayron Xovard va Jared Bush allaqachon uchinchi qism uchun g‘oyalar izlayapti. Ular uchinchi qism ustida ishlash 9 yildan kam vaqt oladi deb va’da qilgan, chunki birinchi va ikkinchi multfilm orasida aynan shuncha vaqt o‘tgan edi.