Zumer — 2025-yilning so‘zi deb topildi

Zumer — 2025-yilning so‘zi deb topildi
  • 0
  • 11.12.2025 14:24:00
  • 1 min read


Gramota.ru portali 2025-yilning so‘zi sifatida zumer atamasini e’lon qildi. Shuningdek, eng ko‘p tilga olingan so‘zlar orasida charchash (burnout 38%), “qizil bayroq” (red flag 37%) va “prompt” (36%) ham bor.
Ovoz berishda Rossiyaning turli yosh toifalariga mansub 23 ta tashkilotdan 469 nafar filologlar qatnashdi. “Yil so‘zi” tanlovi ko‘p bosqichli metodika asosida o‘tkaziladi. Avval nutqda faol qo‘llanayotgan yangi so‘zlar saralanadi, so‘ngra bir kunlik, vaqtinchalik so‘zlarni chiqarib tashlash uchun statistik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Zumer (Z avlod) — 1990-yillar oxiri va 2010-yillar boshida tug‘ilgan, internet va raqamli texnologiyalar bilan o‘sib-ulg‘aygan yosh avlod vakili.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News