
- 0
- 24.04.2026 18:06:00
- 1 min read
O‘zbekistonda har yili o‘quvchi va talabalar o‘rtasida “Top-100 kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi. G‘olib bo‘lgan 100 nafar yoshga 10,3 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi. Mukofot Yoshlar ishlari agentligi mablag‘i hisobidan ajratiladi.
Kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlar ham belgilangan:
🔹 Yoshlar orasida kitob o‘qish darajasini yiliga o‘rtacha 12 ta kitobga yetkazish
🔹 Elektron kitob platformalaridan foydalanishni oshirish
🔹 Qishloq va chekka hududlarda yoshlarning kitobxonlik loyihalariga keng jalb qilinishi
Shuningdek, 2026-yildan “Ilg‘or ijodkor” mukofoti ham joriy etiladi. Eng yaxshi yozuvchi va shoirlar 82,4 mln so‘mgacha mukofot bilan taqdirlanadi.