
- 0
- 27.12.2025 14:19:00
- 1 min read
Toshkentning Yangi hayot tumanida 24 yoshli yigit pirotexnika sabab chap qo‘l kaftidan ayrildi. Hodisa uy ichida yuz bergan. Yigitning onasi boshqa xonada bo‘lganida kuchli portlash ovozini eshitib, og‘lini jarohatlangan holda ko‘rganini aytgan. Yigit zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan. Og‘ir jarohatlar sabab shifokorlar uning chap qo‘l kaftini amputatsiya qilishga majbur bo‘lgan. Toshkent shahar IIB pirotexnika vositalarini sotish va ishlatish taqiqlanganini eslatib, ota-onalarni bolalarni diqqat bilan nazorat qilishga chaqirmoqda.