O‘zbekistonda yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi

O‘zbekistonda yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi
  • 0
  • 10.12.2025 16:44:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan yosh agronomlarni qo‘llab-quvvatlashni e’lon qildi. Agrar universitetning 180 nafar talabalari dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda amaliyot o‘tadi. Fermer va klasterlarga har bir talaba uchun 5 million so‘m, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya beriladi. Yetarli tajriba orttirgan yosh agronomlar 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi. Ular zamonaviy agrotexnologiya va sifatli urug‘ yordamida hosildorlikni oshirishga ko‘maklashadi. Shu ishlar uchun oyiga 2 ming dollar to‘lanadi. Shuningdek, paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlar reytingi yuritilib, yuqori pog‘onadagi fermerlarga imtiyozli kreditlar va innovatsion sertifikatlar bilan qo‘shimcha ball beriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News