
- 4
- 02.01.2026 10:15:00
- 1 min read
Xitoylik jarrohlar dunyo tibbiyotida ilk bor uzilib ketgan quloqni vaqtincha bemorning oyog‘iga ko‘chirib, keyinchalik uni asl joyiga qayta o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol bemor og‘ir texnika bilan ishlash vaqtida qulog‘idan ayrilgan va bosh, bo‘yin hamda yuz sohalarida og‘ir jarohatlar olgan. Qon tomirlari jiddiy shikastlangani sababli quloqni an’anaviy usulda tiklash imkonsiz bo‘lgan. Shu bois shifokorlar noodatiy usulni tanlab, quloqni vaqtincha oyoqning yuqori qismiga ko‘chirgan. Bu qaror oyoq tomirlarining quloq tomirlari bilan mos kelishi bilan izohlangan. Dastlabki operatsiya 10 soat davom etgan. Besh oy o‘tgach, bemorning ahvoli barqarorlashgach, quloq 6 soatlik operatsiya orqali asl joyiga qayta o‘rnatilgan. Ushbu amaliyot tibbiyotda ilk muvaffaqiyatli tajriba sifatida qayd etildi.