Dunyoga mashhur poygachi Sharl Lekler Toshkentga keldi

Dunyoga mashhur poygachi Sharl Lekler Toshkentga keldi
  • 0
  • 12.12.2025 10:38:00
  • 1 min read

“Formula-1”ning eng taniqli poygachilaridan biri, Ferrari jamoasi a’zosi — monakolik Sharl Lekler Toshkentga yetib keldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi. Mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida MOQ rahbariyati kutib oldi.

Bugun, 12-dekabr kuni poytaxtda FIA Awards yil yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jahon autosportining yetakchi jamoalari va vakillari ishtirok etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News