
- 0
- 06.12.2025 08:24:00
- 1 min read
Vashington shahrida joylashgan “Kennedy Center”da FIFA Jahon chempionati – 2026 qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston qur’a natijalariga ko‘ra, K guruhidan joy olib, Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya, Kolumbiya va Yangi Kaledoniya/Yamayka/Kongo g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston o‘z yurishini 17-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi boshlaydi.
Qur’a davomida 48 terma jamoa 12 ta guruhga ajratildi.
• Har bir guruhdan 2 ta kuchli jamoa pley offga chiqadi.
• Ularga qo‘shimcha ravishda 8 ta eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari ham 1/16 finalga yo‘l oladi.