Ishdagi stress har yili 840 ming kishining umriga zomin bo‘lmoqda

Ishdagi stress har yili 840 ming kishining umriga zomin bo‘lmoqda
  • 0
  • 24.04.2026 10:40:00
  • 1 min read

Dunyoda har yili 840 mingdan ortiq kishi ishdagi stress va psixosotsial muammolar sabab vafot etadi. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotiga tayanib xabar berildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, uzoq ish vaqti, tazyiq, xavfsizlik muammolari va past ish sharoitlari yurak-qon tomir kasalliklari hamda ruhiy buzilishlarga olib keladi. Ayrim hollarda bu o‘z joniga qasd qilish bilan yakunlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haftasiga 55 soatdan ortiq ishlash insult xavfini 35 foizga, yurak kasalliklaridan o‘lim xavfini esa 17 foizga oshiradi. Shuningdek, dunyo bo‘yicha har yili 12 milliard ish kuni depressiya va xavotir tufayli yo‘qotiladi. Ekspertlar ish vaqtini me’yorlashtirish, ish yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash va xodimlarga o‘z vaqtida ruhiy yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News