
- 7
- 01.10.2026 12:38:00
- 1 min read
2025/26-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 577,7 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan. Bu avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga yoki 2,3 foizga ko‘p.
O‘qituvchilarning 418,8 ming nafari ayollar, 158,9 ming nafari esa erkaklardan iborat. Ya’ni ayollar ulushi 72,5 foizni tashkil etgan.
Hududlar kesimida o‘qituvchilar eng ko‘p Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida — 65,1 ming nafardan. Farg‘onada 60,6 ming, Surxondaryoda 52,3 ming nafar o‘qituvchi ishlagan.
O‘qituvchilar soni eng kam hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, bu yerda 14,2 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan.