
- 0
- 26.01.2026 16:02:00
- 1 min read
24-yanvar kuni Istanbulning Shishli tumanida Durdona Xakimovaning parchalangan jasadi chiqindi konteyneridan topildi. Keyinchalik u ikki nafar o‘zbekistonlik erkaklar tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi va qotillar qo‘lga olindi. Ushbu dahshatli voqeadan so‘ng marhuma uchun adolat talab qilib, turk ayollari va huquq himoyachilari Shishli tumanida ommaviy norozilik yurishi o‘tkazdi. Namoyishchilar ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi keskin choralar, qonun ijrosini kuchaytirishni talab qildi. Faollar Durdona Xakimovaning o‘limi bo‘yicha xolis tergov va aybdorlarning qonun oldida javob berishini talab qilmoqda.