
- 2
- 02.04.2026 12:57:00
- 1 min read
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 4 kunlik chaqalog‘ini 1500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol 6 yilga qamaldi.
2002-yilda tug‘ilgan ayol 2025-yilning mart oyida bir yigit bilan tanishib, homilador bo‘lib qolgan. 2026-yilning yanvar oyida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. U tibbiyot xodimlariga turmush o‘rtog‘i yo‘qligi va bolaning otasi kim ekanini bilmasligini aytib, ulardan yordam so‘ragan. Shundan keyin “isnoddan qutulish” hamda kontrakt pulini to‘lash maqsadida farzandini 1500 dollar evaziga sotishga kelishgan. Ayol xaridordan 1400 dollar va 1,2 million so‘m pulni olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.
Sud uni odam savdosi bo‘yicha aybdor deb topdi va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Manba: Daryo.uz