Harakatdagi attraksiondan bolasini olishga uringan ayol boshqa bolalarni xavfga soldi

Harakatdagi attraksiondan bolasini olishga uringan ayol boshqa bolalarni xavfga soldi
  • 0
  • 24.03.2026 15:09:00
  • 1 min read

Qozog‘istonda ayol attraksionda uchayotgan bolasini olishga urinib, bolalarni xavf ostiga qo‘ydi. Ayol bolaning qo‘rqib yig‘laganini ko‘rganidan so‘ng, to‘siqni oshib o‘tib, farzandini harakatlanayotgan attraksiondan keskin tortib olishga uringan. Natijada arg‘imchoqlar bir-biriga urilib ketgan. Videoda bolalardan birining yuzi jarohatlanganini ham ko‘rish mumkin. Hodisadan so‘ng attraksion darhol to‘xtatilgan, atrofdagilar hayratda qolgan. Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News