Bolalarini old o‘rindiqqa o‘tkazib mashina haydagan ayolga chora ko‘rildi

Bolalarini old o‘rindiqqa o‘tkazib mashina haydagan ayolga chora ko‘rildi
  • 0
  • 23.10.2025 13:03:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol uch nafar bolasini mashinaning old o‘rindig‘iga o‘tkazib, bir chaqalog‘ini esa qo‘lida ko‘targan holda mashina boshqarayotgani aks etgan video tarqaldi. Surishtiruv natijasida ayol Namanganning Mingbuloq tumanida yashashi aniqlanib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128⁸-moddasi birinchi qismi asosida ma’muriy bayonnoma tuzildi. Ayol bolalarni xursand qilish maqsadida shunday qilganini aytib, o‘z xatosini tan oldi va bundan buyon bolalarini mashinada bunday tarzda olib yurmasligini aytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News