Qashqadaryoda kelin qaynonasining muntazam tazyiqlariga chiday olmay vafot etdi

Qashqadaryoda kelin qaynonasining muntazam tazyiqlariga chiday olmay vafot etdi
  • 1
  • 23.07.2026 14:53:00
  • 1 min read

Qashqadaryo viloyatida 47 yoshli ayol keliniga uch yil davomida muntazam ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazgani uchun 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Chiroqchi tumanida yashovchi ayol 2022-yildan 2025-yil oktabrigacha kelinini haqorat qilib kelgan, bir necha bor kaltaklagan, uydan haydagan hamda doimiy ruhiy tazyiq o'tkazgan. Shuningdek, kelinning ota-onasi bilan uchrashishiga va telefondan foydalanishiga ham to‘sqinlik qilgan. Ayrim holatlarda esa uni sochidan tortib ko‘chaga sudrab chiqqani va tan jarohati yetkazgani aniqlangan.

Tergovda qayd etilishicha, 2025-yil 2-oktabr kuni kelin uzoq vaqt davom etgan jismoniy va ruhiy zo‘ravonliklar ortidan yashash xonadonidagi molxonada o‘z joniga qasd qilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi qaynonani aybdor deb topib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News