Xivada haykalni o‘pgan ayol jazolandi

Xivada haykalni o‘pgan ayol jazolandi
  • 0
  • 08.04.2026 18:20:00
  • 1 min read

Xiva shahrida haykalni o‘pib, videoga olgan ayol jarimaga tortildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yashovchi 25 yoshli ayol 21-fevral kuni Ichanqal’adagi Xorazm milliy musiqa san’ati namoyandalariga bag‘ishlangan haykalni o‘pib, tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasiga joylashtirgan. Ayol qilmishidan pushaymonligini, homilador ekanini aytib, suddan yengillik so‘ragan.
Sud uni ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topib, 2 mln 60 ming so‘m miqdorida jarima tayinladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News