
- 0
- 27.01.2026 09:33:00
- 1 min read
Buxoro viloyatida Telegram’da soxta profil orqali dugonasining intim suratlarini qo‘lga kiritib, ularni tarqatmaslik evaziga 6 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi.
Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ayol Feruz nomi bilan oshiq rolini o‘ynab, jabrlanuvchidan shaxsiy foto va videolarni olgan. So‘ngra u “Yo pul berasan, yo rasmlaringni oilangga tarqataman” deb talab qilgan. Maxsus tezkor tadbir davomida ayol talab qilgan pulni olgan paytda dalillar bilan ushlangan. Hozirda unga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.