
- 4
- 12.01.2026 14:19:00
- 1 min read
11-yanvar kuni Los Anjelesdagi “Beverli Xilton” mehmonxonasida “Oltin globus” mukofotining 83-sonli taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Oltin Globus” — AQSHda har yili taqdim etadigan “Oskar”dan keyingi nufuzli mukofot. U 20 dan ortiq nominatsiyalarda: eng yaxshi filmlar, aktyorlar, rejissyorlar kabi kategoriyalardagi nomzodlarni taqdirlaydi. An’ana bo‘yicha, “Oltin Globus”ni olgan filmlar va seriallar Oskar uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanadi.







