
- 0
- 20.01.2026 10:31:00
- 1 min read
17-yanvar kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida daydi itlar 11 yoshli bolaga hujum qilib, bir necha joyidan tishlab tashladi. Bola atrofdagilar yordamida qutqarilib, shifoxonaga yetkazilgan. Shoshilinch tibbiy yordam markazida bolaning yuz, bosh, qo‘l va oyoqlarida jarohatlar aniqlanib, shoshilinch operatsiya va birlamchi jarrohlik muolajalari o‘tkazilgan. Hozir bola bo‘limda davolanmoqda va psixologik yordam olmoqda; keyinchalik plastik jarrohlik rejalashtirilgan. Sog‘liqni saqlash xodimlari bolaga quturish va qoqsholga qarshi emlashlarni qilmoqda.
Hodisadan so‘ng Yangiyo‘l Obodonlashtirish boshqarmasi hududdagi daydi itlarni tutishni kuchaytirgan, so‘nggi ikki kun ichida 60 dan ortiq it ushlangan.