
- 2
- 13.12.2025 09:54:00
- 1 min read
Oʻzbekistonda dori vositalarini berishda retsept tartibi kuchaytirilmoqda. Bu chora-tadbirlar davolash xavfsizligini oshirish va inson salomatligini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, bundan asosiy maqsad zaruratdan tashqari ortiqcha dorilarga chek qo‘yish, palapartish davolashni oldini olish va asosiy dori vositalarining aksariyati endi faqat shifokor retsepti bilan berilishini ta'minlash.
Ko‘pchilik elektron retseptni dori olishdagi to‘siq sifatida qabul qilmoqda. Aslida esa, retsept – bemorlar salomatligini himoya qilishning eng muhim va samarali yo‘llaridan biri. Retsept orqali yuqori dozali yoki uzoq da'volashga mo‘ljallangan dori vositalarini shifokor maslahatisiz olishdan, yoki shifokorlar bir vaqtning o‘zida ortiqcha dorilarni yozib berishidan cheklanishimiz mumkin.
Nazoratsiz antibiotiklar eng katta xavf bo‘lib, u chidamli bakteriyalar sonini oshiradi. Elektron retsept tizimi manashu xavflarni kamaytirishga qaratilgan.
Tizim hozirda sinovdan o‘tqazilmoqda. Bu sinov davri tizimda aniqlanayotgan texnik va tashkiliy muammolarni bartaraf etish va kelgusida tizim butun mamlakat bo‘ylab xavfsiz va samarali joriy qilinishi uchun katta ahamiyatga ega.