Timur Musin nima uchun aktivlarini sotuvga qo‘ydi?

Timur Musin nima uchun aktivlarini sotuvga qo‘ydi?
  • 4
  • 22.04.2026 16:47:00
  • 1 min read

Caravan Group tarmog‘i asoschisi Timur Musin o‘zining Palov muzeyi, Caravan restorani va Cinara’s majmuasini sotuvga qo‘yganini ma’lum qildi.
Tadbirkor sud nizolari, investitsiya xatarlari va hozirgi  kundagi ishbilarmonlik muhiti sababli restoran aktivlarini sotish qaroriga kelganini bildirgan. 

Ma’lumot uchun, ushbu uchta majmua OLX onlayn e’lonlar platformasida 294 milliard so‘mga baholanmoqda. Maydoni 5800 kvadrat metrli, besh qavatli Palov muzeyi 150 milliard so‘m,  250-490 kishiga mo‘ljallangan Caravan restorani 45 milliard so‘m va Cinara’s esa 99 milliard etib belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News